Kastingga taklif qilamiz.

  • Asosiy
  • Kastingga taklif qilamiz.

🎓TATUda o'qiydigan yigit-qizlarni #TATUvines hamda boshqa qiziqarli va foydali roliklar olish uchun kastingga taklif qilamiz.

📍Joriy yilning 24-noyabr sanasida soat 10:00 hamda 14:00 da TATU Media o'quv bo'limida bo'lib o'tadi.

🎬Kastingga kreativ fikrlaydigan, aktyorlik mahoratiga ega va albatta, intiluvchan yoshlar taklif etiladi.

✅Ishtirok etish shartlari: Kastingda siz o'z qobiliyatingizni namoyish etishingiz yoki iqtidoringiz doirasida telefonda video tayyorlab kelishingiz lozim.

🎞Saralangan video egalari hamda aktyorlik mahoratiga ega ishtirokchilar TATU hayotiga oid vayn hamda turli videoroliklar olishda ishtirok etadilar. Videoroliklar uchun kerak bo'ladigan ssenariy, dekoratsiyalar, operatorlik va montaj ishlari bo'yicha amaliy yordam beriladi va tayyor bo'lgan videoroliklar TATUning barcha ijtimoiy tarmoqlarida, muallifning ism-sharifi (@nick_name) keltirilgan holda namoyish etib boriladi.
Keyinchalik, o'z ustida ishlab mahoratini oshirib borgan intiluvchan talabalar kino va seriallarga hamda kinomotografiya sohasiga oid tanlovlarda ishtirok etishlari uchun qo'llab-quvvatlanadi.

✅Videolaringizni yuborish uchun telegram manzil: @Nodrian

🤗Mahoratingizni ishga solgan holda, o'zingizni yangidan kashf qilish vaqti keldi.Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!