"Kasperskiy" laboratoriyasining Rivojlantirish bo‘yicha direktori Andrey Suvorov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • "Kasperskiy" laboratoriyasining Rivojlantirish bo‘yicha direktori Andrey Suvorov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🏛Joriy yilning 27-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga "Kasperskiy" laboratoriyasining Rivojlantirish bo‘yicha direktori Andrey Suvorov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

✅Uchrashuvda Kiberxavfsizlik sohasida kompaniya tomonidan ishlab chiqilib tijoratlashtirilgan xizmatlar va mahsulotlar tanishtirilib, ularning ishlab chiqilish prinsiplari, ilmiy yondashuvlari va amaliy yechimlari haqida ta’kidlab o‘tildi. Mehmonlarga universitetning Kiberxavfsizlik fakulteti negizida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalar va talabalarning innovatsion ishlanmalari haqida tanishtirildi.

✅Tomonlar kelgusida Kiberxavfsilik sohasida ilmiy-tadqiqot konsortsiumini tashkil etish masalasini muhokama qildilar. Unga ko‘ra Rossiyaning bir qator universitetlari, Kasperskiy laboratoriyasi va TATU ishtirokida ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda amalga oshirish va tijoratlashtirish bosqichiga ko‘tarish bo‘yicha hamkorlikni o‘rnatish taklifi ilgari surildi.