
Raqamli texnologiyalar vazirligi xususiy sektor bilan hamkorlikda xotin-qizlarni raqamli va texnik sohalarga kengroq jalb etish borasida amaliy qadamlar tashladi. Shu maqsadda TBC Bank tashabbusi asosida xotin-qizlar uchun STEM yo‘nalishlarini qamrab olgan grant dasturi yo‘lga qo‘yildi.
📆12-sentabr kuni “Kasb jins tanlamaydi” ta’lim loyihasi doirasida grantlar topshirish marosimi va “Girls×Talk” motivatsion chiqishlari bo‘lib o‘tadi.
Dastur doirasida:
🔵Xalqaro ekspertlar va STEM sohasidagi yetakchilarning nutqlari;
🔵 Karyera, ta’lim va grantlar bo‘yicha amaliy maslahatlar;
🔵 Stereotip va to‘siqlarni yengib o‘tish yo‘llari haqida muhokamalar;
🔵 Welcome-coffee.
✅Ishtirok etish bepul!
📲Ro‘yxatdan o‘tish: @GirlsxTalkbot