"Karyera kunlar" doirasida talaba-yoshlar uchun seminar-trening boʻlib oʻtdi
"Karyera kunlari" boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi doirasida Buxoro davlat universitetida talaba-yoshlar uchun seminar-trening boʻlib oʻtdi.
Unda "Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi" DM direktori birinchi oʻrinbosari A.Eshankulov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori Sh.Turaev, Toshkent shahridagi Inha universiteti direksiyasidan B.Xojimurzaev, Toshkent shahridagi Amity universiteti direksiyasidan J.Ruziboev , Buxoro viloyati Acharya universiteti Hindistonning Oʻzbekiston filiali marketing boʻlimi boshligʻi J.Rahimovlar soʻzga chiqdi va universitetlarda yaratilgan imkoniyatlar haqida aytib oʻtishdi hamda maktab oʻquvchilari va abituriyentlarni IT sohasi boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga yoʻnaltirishga va IT bilimlarini yanada oshirishga undadi.
Seminar-trening davomida talaba-yoshlar bandligini taʼminlash, boʻsh ish oʻrinlarini toʻliq qamrab olish, shuningdek, respublikamizning IT sohasida yetakchi boʻlgan universitetlar haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.