13 noyabr Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Janubiy Karolina universiteti (AQSH) mehmonxona, restoran va sayyohlik menejmenti fakultetining direktori janob Martina Dryu va ushbu universitetining chakana savdo kafedrasi mudiri Mark Rozenbaumlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Maʼlumki, Janubiy Karolina universiteti AQSHning Janubiy Karolina shtatining yirik universiteti hisoblanib, 1801 yilda ochilgan. Universitet tarkibiga 122 yoʻnalish boʻyicha oʻquv dasturlarni taklif etuvchi 16 kollej kiradi. .
Uchrashuv chogʻida TATU bilan elektron tijorat, marketing, rejalashtirish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sohalarida akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, TATU talabalari uchun biznes-klass tashkil qilindi.