Bugun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Karimov Komiljon Hamidovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdilar
Tashrif chog‘ida universitetning 2022/2023 o‘quv yiliga tayyorgarlik holatlari bilan yaqindan tanishib chiqildi. Xususan, yangi o‘quv yiliga o‘quv auditoriyalari, laboratoriya xonalari, o‘quv me’yoriy hujjarlar, talabalar uchun yotoqxonalarni tayyor holga keltirilganligi bo‘yicha shaxsan tanishib chiqdilar. Shuningdek, mamlakatimiz IT sohasida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishidagi takliflar hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha tahsil olayotgan universitet talabalarida amaliy ko‘nikma va kasbiy malakani rivojlantirish maqsadida dars jarayonlarini amaliyot bilan uzviy ravishda tashkil etish zarurligini ta’kidlab o‘tdilar.
Suhbat mobaynida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Karimov Komiljon Hamidovich yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini yanada jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.