Sun’iy intellekt usullari va vositalari mutaxassisligiga kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

  • Asosiy
  • Sun’iy intellekt usullari va vositalari mutaxassisligiga kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Qozon Federal universiteti o‘rtasida (1+1) qo‘shma ta’lim magistratura dasturi asosida, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda sun’iy intellekt usullari va vositalari mutaxassisligiga kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning 6-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida va Qozon Federal universiteti bilan hamkorlikda (1+1) qo‘shma ta’lim dasturiga asosan tashkil etilayotgan 2 yillik magistratura talabalariga, universitetning axborot texnologiyalari va intellektual tizimlar bo‘yicha rektor o‘rinbosari I.Maximova tomonidan ma’lumotlar berib o‘tildi va talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

https://t.me/tuituz_official