Professor-o‘qituvchilar, iqtidorli talabalar va yosh olimlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida “Muhammad al -Xorazmiy avlodlari” ilmiy-amaliy jurnaliga maqolalar qabul qilish boshlandi! 2017 yil 25 maygacha belgilangan tartibda maqolalarni jo‘natishingiz mumkin..

Jurnaldagi ruknlar:

  1. “Dasturiy va kompyuter injinering texnologiyalarining zamonaviy muammolari”;
  2. “Optik aloqa tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlarining rivojlanish tamoyillari”;
  3. “Raqamli televidenie va radioeshittirish, simsiz texnologiyalar, radiotexnika rivojlanish istiqbollari”;
  4. “O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyat rivojlanishining iqtisodiy masalalari”;
  5. “Elektron hukumat”;
  6. “Ilmiy axborotlar”;

Shu bilan birga jurnalda:

  • iqtisodiyotini iqtisodiy tahlil qilish, uni takomillashtirish, samaradorligini oshirish bo‘yicha chop etilgan monografiyalar tahlili va taqrizi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “Oliy attestatsiya komissiyasi” xabarlari, tavsiyalari, doktorlik himoyasiga doir tavsiyalar;
  • TATU va boshqa texnika oliy o‘quv yurtlari olimlari tomonidan nashr etilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalari, risolalar va ularni sotib olish bo‘yicha e’lonlar;
  • Yoshlarni ilmiy mushohada qilishga, izlanishga yo‘naltiruvchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi ilmiy va ommaviy krossvord, testlar va boshqalar berib boriladi.  

Maqolani rasmiylashtirish talablari