Joriy yilning 9-14-sentyabr kunlari respublikamizning barcha hududlarida milliy qadriyatlarimizni ulug'lash, yoshlar orasida milliy kiyimlarni targ'ib qilish maqsadida "Xon atlas" festivali bo'lib o'tadi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 9-14-sentyabr kunlari respublikamizning barcha hududlarida milliy qadriyatlarimizni ulug'lash, yoshlar orasida milliy kiyimlarni targ'ib qilish maqsadida "Xon atlas" festivali bo'lib o'tadi.

📌 Shu munosabat bilan 12-sentyabr kuni universitetimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari va o‘ziga xos xususiyatlarini mujassam qilgan milliy liboslarimizdan bo‘lmish "XON ATLAS" festivali bo‘lib o‘tadi.

📸 Bunda sizni chellenjlar va fleshmoblarda oʻz faolligingizni namoyon etishingizni soʻrab qolamiz. Eng faol ishtirok etgan va milliylikni kreativ tarzda taqdim etgan ayol o‘qituvchilar va talaba-qizlar fakultetlar kesimida taqdirlanadilar. Milliyligimizni targ‘ib qiluvchi o‘z g‘oyalaringiz bilan bog‘liq foto va videolaringizni quyidagi telegram manzilga 11.09.2024 yil soat 14:00ga qadar yuborishingizni so‘raymiz:
➡️@sultanova75

12- sentyabr kuni barchangizni milliyligimiz ramzi boʻlmish Xon atlas, Beqasam, Banorasva Adras matolaridan tikilgan milliy liboslarda kutib qolamiz.