Tashrif avvalida TAQU vakillari Universitetda yaratilgan sharoitlar va so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar bilan tanishdi. Uchrashuv davomida ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, taʼlim jarayonlarini takomillashtirish va innovatsion loyihalarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
✅Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari sohasida tajriba almashish, kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha qator takliflar ilgari surildi.
👥 Ushbu tashrif ikki universitet oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelgusidagi qoʻshma tashabbuslarni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etadi.