✅ Joriy yilning 6-mart kuni TATUga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vayoming universiteti (University of Wyoming) Xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Dr. Isadora Helfgott boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • ✅ Joriy yilning 6-mart kuni TATUga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vayoming universiteti (University of Wyoming) Xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Dr. Isadora Helfgott boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

✅ Joriy yilning 6-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vayoming universiteti (University of Wyoming) Xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Dr. Isadora Helfgott boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🗒  Uchrashuvda TATU va Vayoming universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, birgalikda ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish imkoniyatlari muhokama etildi. Bundan tashqari, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar uchun almashinuv dasturi orqali qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etish , birgalikda tadqiqot faoliyatini olib borishga qaratilgan dasturlarni tashkil etishga kelishib olindi.

📌Ma’lumot uchun: Vayoming universiteti (University of Wyoming) 2024 THE dunyo universitetlar reytingida yuqori Top-800 ta o‘rindan joy olgan.