Joriy yilning 5–11-may kunlari mamlakatimiz hududlarida aholining barcha qatlamlari ishtirokida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 5–11-may kunlari mamlakatimiz hududlarida aholining barcha qatlamlari ishtirokida “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan.

Mazkur haftalik doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbariyati va xodimlari hamkorligida amaliy va o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminar doirasida Sun’iy intellekt kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Zaynidinov X.N. rahbarligida mustaqil izlanuvchi Modullaev J.S. tomonidan tayyorlangan “Favqulodda vaziyatlarda uchuvchisiz qurilmalar yordamida olingan tasvirlarga raqamli ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasini yaratish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishining tajriba-sinov jarayoni ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi.