✅ Joriy yilning 27-mart kuni universitet mas’ullari “UZINFOCOM” Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator kompaniyasiga tashrif buyurishdi.
💬 Tomonlar hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari va talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga jalb qilish, kelgusida kompaniyaning mutaxassislarga boʻlgan talabidan kelib chiqqan holda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar oʻquv rejalari, fan dasturlari hamda oʻquv adabiyotlarini yangi talablar asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
📌 Shu bilan birgalikda kelgusida universitetning ayrim ta’lim yo‘nalishlarida DUAL ta’limni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. Talaba-yoshlar amaliy mashgʻulotlar davomida bevosita axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayoni bilan tanishishi hamda bitiruvchilarning bandligini taʼminlash masalalarida kelishuvga erishildi.
Tashrif doirasida “UZINFOCOM” jamoasi tomonidan hozirgi kunda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar va ishlanmalar hamda kompaniya dasturchi-muhandislarining ish sharoitlari bilan tanishib chiqildi.