Joriy yilning 27-mart kuni "Gcore" kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 27-mart kuni "Gcore" kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.

Joriy yilning 27-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga keng qamrovli bulutli xizmatlar, kontentni yetkazib berish, hosting  yechimlari bo‘yicha xalqaro yetakchi "Gcore" kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.

Uchrashuvda universitet bitiruvchilarining kompaniyada amaliyot/stajirovka o‘tash, yuqori daromadli doimiy ish bilan ta’minlash, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida universitetda seminar-treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. TATU va "Gcore" kompaniyasi o‘rtasida mazkur yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha aniq vazifalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: "Gcore" kompaniyasida 600dan ortiq xodim faoliyat yuritadi. Kompaniyanining  shtab-kvartirasi Lyuksemburgda joylashgan bo‘lib, uning Vilnyus, Krakov, Belgrad, Nikosiya, Tbilisi,  Manila, Seul, Tokio va Toshkent shaharlarida ofislari mavjud. Toshkentdagi ofisida 160 dan ortiq xodimlar faoliyat yuritadi.