Joriy yilning 24-26-yanvar kunlari “Open Data Challenge” hakatoni boʻlib oʻtdi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 24-26-yanvar kunlari “Open Data Challenge” hakatoni boʻlib oʻtdi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida IT Park tomonidan YeXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida, Statistika agentligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi koʻmagida “Open Data Challenge” hakatoni boʻlib oʻtdi.

🤔 Hakatonda “Dasturiy injiniring” fakulteti talabasi Mexriddinov Muhammadali Ortiq o‘g‘li “Kidney Guard” loyihasi bilan faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlandi.

Jamoalarning har biri Davlat sektori, Ijtimoiy sektor, Biznes sektor, Korrupsiyaga qarshi kurashish sektori yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z loyihasi ustida ish olib borishdi.

🧠 “Open Data Challenge” – bu ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda texnologik yechimlarni ishlab chiqishga bagʻishlangan yillik tanlov. Hakaton fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga boʻlgan qiziqishini oshirish va rivojlantirishga qaratilgan.