✅ Joriy yilning 2-aprel kuni universitet mas’ullari O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.

  • Asosiy
  • ✅ Joriy yilning 2-aprel kuni universitet mas’ullari O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.

💬 Tomonlar hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini, jumladan ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqib, TATU o‘quv rejalariga yangi fanlarni kiritish, hamkorlikda ilmiy va uslubiy seminarlar tashkil etish, kutubxona sohasida kadrlar tayyorlovchi OTMlarning o‘quv dastularini o‘zaro moslashtirish, malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, hamkorlikda loyihalar ishlab chiqish masalalarini muhokama qilishdi.

🖋 Shu bilan birgalikda kelgusida TATU va Milliy kutubxona o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida memorandum imzolashga kelishib olindi.

📷 Tashrif so‘ngida Milliy kutubxona bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi va kitobxonlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib chiqildi.