✅ Joriy yilning 2-4- may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy texnik innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ratsionalizatorlik ishlanmalarni keng joriy qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahridagi "G‘alaba bog‘i" hududida “MSITF” Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazildi.
🗒 Ushbu festivalda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va iqtidorli talaba-yoshlari o‘zlarining ishlanmalari bilan festival doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada faol ishtirok etdilar. Shuningdek, festivalning ikkinchi qismida turli yo‘nalishlarda musobaqalar tashkil etilib, bunda ham yosh ixtirochi talabalarimiz munosib ishtirok etishdi.
📈 Bundan tashqari, yangi ixtirolar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash, uchuvchisiz uchish apparatlari texnologiyalarini rivojlantirish uchun “Oʻzbekiston “Dron-racing” federatsiyasi”ni tashkil etish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.