📣 Joriy yilning 16-18-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida umumxalq xayriya hashari e’lon qilingan edi.
👥 Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham birlik va hamjihatlikda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.
🌷Qayta uyg‘onish davri boʻlmish bahor fasli va Navro‘z—umumxalq bayrami arafasida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari doirasida Universitet hududi, binolarining ichki va tashqi taraflarini ko‘kalamzorlashtirish, turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish kabi bir qator obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.