✅ Joriy yilning 13-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning Shibaura texnologiya instituti (Shibaura institute of technology) Kompyuter ilmi va injiniringi fakulteti dekani Dr. Masaomi Kimura tashrif buyurdi.
🗒 Uchrashuvda TATU va Shibaura texnologiya instituti o‘rtasida mavjud hamkorliklarni mustahkamlash, birgalikda ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish imkoniyatlari muhokama etildi. Bundan tashqari, hozirgi kundagi talabalar almashinuvidagi tajribadan kelib chiqib, fakultet professor-o‘qituvchilari uchun ham almashinuv dasturi orqali qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etish, birgalikda tadqiqot faoliyatini olib borishga qaratilgan dasturlarni tashkil etishga kelishib olindi.
📌Ma’lumot uchun: Shibaura texnologiya instituti (Shibaura institute of technology) QS 2024 dunyo universitetlar reytingida Osiyo mintaqasi ichida 208-o‘rinni egallab, tez sur’atlarda rivojlanib kelayotgan OTM hisoblanadi va hozirgi kunda TATU talabalari uchun ushbu institutda almashinuv dasturlari amal qilmoqda.