


Tadbir davomida bolalar uchun qiziqarli animatsion chiqishlar, turli o‘yinlar hamda ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi. Mazkur tadbir bolalarga quvonch ulashish, ularning kayfiyatini ko‘tarish va samimiy muhit yaratishga xizmat qildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari bolalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazib, ularga mehr va e’tibor ulashdilar.
Bunday ijtimoiy tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi