Joriy yilning 11-iyul kuni TATUga Xitoyning yetkchi Ruijie Networks Co., Ltd kompaniyasining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha bosh direktori Lin Yang (Jeremi) boshchiligidagi delegatsiya  tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Joriy yilning 11-iyul kuni TATUga Xitoyning yetkchi Ruijie Networks Co., Ltd kompaniyasining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha bosh direktori Lin Yang (Jeremi) boshchiligidagi delegatsiya  tashrif buyurdi.

💬 Mazkur uchrashuv kompaniya faoliyati va joriy loyihalari bilan tanishish, shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvda Ruijie Networks Co., Ltd kompaniyasi faoliyati bo‘yicha taqdimot qilinib, xalqaro bozorda 25 yildan ortiq faoliyat yurituvchi yetakchi global tarmoq yechimlari provayderi ekani, kompaniya - ta’lim, sog‘liqni saqlash,  davlat idoralari va korporativ korxonalar kabi turli sohalarda muhim loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotganini alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, mazkur uchrashuvda ta’lim sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar muhokama qilinib, universitet va kompaniya o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, jumladan, universitetda ICT tarmoq akademiyasini tashkil etish, tarmoq infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.