
Ushbu uchrashuvda soha vakillari va mas’ul mutasaddilar tomonidan talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilindi.
Tadbir doirasida muvaffaqiyatga erishgan taniqli tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” motivatsion seminar-uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda, universitetimiz talabalari ish topishda duch kelayotgan muammolar, o‘z biznesini boshlash, start up g‘oyalarni rivojlantirish bo‘yicha aniq savollar bilan murojaat qilishdi va spikerlar tomonidan real tajribalarga tayanib, sodda va hayotiy misollar asosida javoblar berishdi.