✅ Joriy yilning 10-13 kunlari Tailandning Bangkok shahrida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Global barqaror rivojlanish kongressi (“The Global Sustainable Development Congress”) bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sammit doirasida universitetimiz xalqaro yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda tashkilotlar bilan qator kelishuvlarga erishildi.
🗒 Jumladan, Ozarbayjonning Boku muhandislik universiteti, Saudiya Arabistonining Shahzoda Sattam bin Abdulaziz universiteti, Madina Islom universiteti, Birlashgan Arab Amirliklarining Birlashgan Arab Amirliklari universiteti, Germaniyaning Dresden texnika universiteti, Pokistoning Pokiston Milliy universiteti, Tailandning Milliy rivojlanish instituti (National Institute of Development Administration (NIDA)), Fillipinning Sharqiy Filippin universiteti, Hindistonning Assam Downtown universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, almashinuv dasturlarini tashkil etish, ilmiy yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, Universitetni xalqaro assotsatsiyalarga a’zolik bo‘yicha AUAP tashkiloti diektori - Anoop Swarup bilan joriy yilda universitetni tashkilotga a’zoligi yuzasidan uchrashuv tashkil etildi va kelishuvlarga erishildi.
💬 Bundan tashqari, CSA tashkilotining Osiyo mintaqasi bo‘yicha vakili Dinesh Gajendran bilan uchrashuv tashkil qilinib, joriy o‘quv yilida TATUda xalqaro talabalarni jalb etgan holda workshop va xalqaro konferensiya tashkil etish, shuningdek, talabalar uchun amaliyot tashkil etish kabi dasturlarni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.