Joriy yil 21-aprel kuni TATUda “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining “Ilmiy-texnik kompetensiyalar markazi va o‘zaro ta’sirlar” MChJ bosh direktori Nijgorodov Anton Olegovich ishtirokida seminar-trening muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

  • Asosiy
  • Joriy yil 21-aprel kuni TATUda “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining “Ilmiy-texnik kompetensiyalar markazi va o‘zaro ta’sirlar” MChJ bosh direktori Nijgorodov Anton Olegovich ishtirokida seminar-trening muvaffaqiyatli o‘tkazildi.



Joriy yil 21-aprel kuni TATUda “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining “Ilmiy-texnik kompetensiyalar markazi va o‘zaro ta’sirlar” MChJ bosh direktori Nijgorodov Anton Olegovich ishtirokida seminar-trening muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Seminar davomida raqamli transformatsiya sharoitida zamonaviy laboratoriya jihozlarining ahamiyati hamda tadqiqot tarmoqlarini yaratish muammolari atroflicha yoritildi. Ishtirokchilar amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish, innovatsion laboratoriyalarni joriy etish bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Seminar yakunida professor-o‘qituvchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirilib, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish va ta’lim sifatini oshirishga doir takliflar ilgari surildi.