Joriy yil 2 - oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1- Oktabr “O’qituvchi va murabbiylar“ kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • Joriy yil 2 - oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1- Oktabr “O’qituvchi va murabbiylar“ kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

   Joriy yil 2 - oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1- Oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar“ kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
   Tadbirda mamlakatimizda ta’lim tizimini yuqori bosqichga ko‘tarish, muallimlar, murabbiylar nufuzini, jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi, yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda hizmat qilayotgan - ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligi ta’kidlanib, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri o‘rinbosari Jamshid Sharifjanovich Egamberdiyev Vazir tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng universitet rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, ko‘p yillar davomida ushbu kasb yo‘lida o‘z kuchi va bilimini ayamay, fidokorona mehnat qilib kelayotgan, kasb faoliyatida turli yutuqlarga erishgan professor-o‘qituvchilarni faxriy yorliq va mahsus sovg‘alar bilan taqdirladilar.
   Tadbirning badiiy qismida, ustozlarimizni tabriklash uchun tashrif buyurgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, mehnat shuhrati ordeni sohibi, tarix fanlari doktori, professor, Turon fanlari akademiyasi birinchi vitse-prezidenti, qolaversa xalqimiz sevgan lirik, jonli ijro xonandasi Hojiakbar Hamidov hamda O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan artist, mehnat shuhrati ordeni sohibi, Muqimiy teatri aktyori, ustoz san’atkor Turg‘un Beknazarovlar badiiy chiqishlari bilan barchani hushnud etdilar.
Tadbir davomida universitetimiz ijodkor talabalari ustozlar uchun mahsus sovga sifatida zamonaviy qoshiqlarni jonli ijro etib, barchaga xush va bayramona kayfiyat ulashdilar.