JOB FAIR-2025: Talabalar va ish beruvchilar uchrashuvi

  • Asosiy
  • JOB FAIR-2025: Talabalar va ish beruvchilar uchrashuvi

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar uchun JOB FAIR-2025 mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, kasbiy qiziqishlarini shakllantirish, potensial ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va ularning bandligiga ko‘maklashishdir.

⭐️ Yarmarkada: O‘zbektelekom.AJ, O‘zbekiston pochtasi, Kiberxavfsizlik markazi, East games, Mobi,uz, Beeline, Tenge bank.ATB, ’’Markaziybank’’ATB, ’’O‘zmilliybank’’AJ, Unicon,uz, Uzinfocom, ZTE Investment. MCHJ, Uzcard, Huawei tech Uzbekistan, ONESEC, "VENTION" XK MCHJ kabi 50 dan ortiq yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda stajirovka dasturlari bilan ishtirok etishdi.

✅ 2000 dan ortiq talabalar yarmarkaga tashrif buyurib, qiziqqan kompaniyalari bilan tanishdilar, bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovka imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar. 80 nafarga yaqin talabalar esa tadbir davomida ish beruvchilar bilan suhbatdan o‘tib, ishga qabul qilinishga muvaffaq bo‘ldilar.

📝 Yarmarkada faol ishtirok etgan talabalar hamkor tashkilotlar tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

✈️@tuituz_official