Job & Edu Fest 2024 mehnat va ta'lim yarmarkasida TATUning qator ma'sul hodimlari mavjud bo'sh ish o'rinlari hamda ilmiy ishlanmalar bilan ishtirok etdi

  • Asosiy
  • Job & Edu Fest 2024 mehnat va ta'lim yarmarkasida TATUning qator ma'sul hodimlari mavjud bo'sh ish o'rinlari hamda ilmiy ishlanmalar bilan ishtirok etdi

Raqamli texnologiyalari vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan Job & Edu Fest 2024 mehnat va ta’lim yarmarkasida TATUning qator ma’sul hodimlari mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda ilmiy ishlanmalar bilan ishtirok etdi va ishtirokchilarni TATU haqida qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Mehnat yarmarkasi davomida:

  • UZINFOCOM va "Ustudy" IT markazi faoliyati haqida taqdimot;
  • IT Skills: Global muvaffaqiyat uchun IT iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ma’ruza;
  • Xalqaro sertifikatlar va Courseralar haqida ma’lumotlar;
  • Kuchli CV tayyorlash bo‘yicha vorkshop;
  • Game Development bozoridagi talab/bo‘shliqlar haqida qator ma’ruzlar bo‘lib o‘tdi;