Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif

  • Asosiy
  • Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif

Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif

✅ Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘iga asosan professional ta’lim muassasalariga ilmiy va metodik jihatdan yordam berish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida joriy yilning 20-iyul kuni TATUning hududiy o‘quv muassasalari bo‘yicha prorektori Sh.To‘rayev hamda TATU Samarqand filiali direktori Z.Qarshiyev bilan birgalikda Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga tashrif buyurdi.

🎓 Texnikumning kutubxonasi, kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari uchun tashkil etilgan oʻquv xonalari faoliyati bilan tanishdilar.

📄 Tashrif davomida belgilangan topshiriqlar asosida bajarilgan ishlar muhokama qilinib, ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalarini yangilash, hamkorlikda adabiyotlar yaratish va ilmiy maqolalar tayorlash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilandi.