Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 6-martdagi 44-son buyrug‘iga asosan professional ta’lim muassasalariga ilmiy va metodik jihatdan yordam berish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida joriy yilning 1-mart kuni TATU professor-o‘qituvchilari H.A.Mamadaliyev hamda A.O.Xakimovlar tomonidan Jizzax axborot texnologiyalari texnikumiga navbatdagi tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida texnikum o‘quvchilari va o‘qituvchilari uchun o‘quv seminar tashkil etildi. Seminarda texnikumda olib borilayotgan ilmiy va uslubiy ishlar, o‘quv qo‘llanmalar, talabalarga dars berishda ilg‘or innavatsion usullardan foydalanish to‘g‘risida suhbat olib borilib, kerakli tavsiyalar berildi.