
8-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan sport oyligi doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
🌐 Shuningdek, mamlakat bo‘ylab barcha oliy ta’lim muassasalari vakillari Zoom platformasi orqali tadbirga ulanib, jarayonda masofadan qatnashdilar.
👟 Qayd etilganidek, 8–25-may kunlari respublika bo‘ylab 18–29 yoshdagi talabalar o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari o‘tkaziladi.
Tadbir davomida sport oyligi doirasidagi bu kabi tashabbuslar yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning jismoniy faolligi va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, shuningdek, intellektual va jismoniy salohiyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.