JICAning yangi loyihasi doirasida TATUda uchrashuv bo‘lib o‘tdi

  • Asosiy
  • JICAning yangi loyihasi doirasida TATUda uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA)ning “Oliy ta’limda fan va muhandislik sohasida inson resurslarini rivojlantirish” loyihasi doirasida “Asia Seed and Oriental Consultants Global” tashkiloti vakillari TATUga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif davomida mehmonlar JICA bilan hamkorlikda universitetda amalga oshirilgan loyihalar, xususan, tashkil etilgan Media Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

📝 Uchrashuvda “Oliy ta’limda fan va muhandislik sohasida inson resurslarini rivojlantirish” rasmiy rivojlanish yordami (ODA) loyihasini O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha TATUning ishtirok etish imkoniyatlari va vazifalari muhokama qilindi. Ma’lumot uchun, 2027-yilda boshlanishi rejalashtirilayotgan ushbu loyiha yo‘l xaritasi doirasida hozirda so‘rovnoma o‘tkazish orqali yo‘nalish bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar yig‘ilmoqda. Ushbu bosqichni “Asia Seed and Oriental Consultants Global” tashkiloti amalga oshirishi belgilangan.