Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari Janubiy Koreya universitetlarida malaka oshirishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2013y. PF-1942 sonli Farmoyishini bajarish yuzasidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 fevraldagi 191-F-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va modernizatsiyalash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” asosida TATU va uning hududiy filiallari professor-o‘qituvchilarini 2017 yil 28 fevral – 25 iyun muddatga 9 nafar TATU va uning hududiy filiallari professor-o‘qituvchilari Janubiy Koreyaning Xanyang, Seul fan va texnologiya milliy universiteti va Chung-Ang universitetiga malaka oshirish uchun yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi PQ-2834 sonli“Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni bajarish yuzasidan malaka oshirishga yuborilgan professor-o‘qituvchilar iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning mustahkam aloqalarini ta’minlash bo‘yicha J.Koreya tajribasini o‘rganib, olgan tajribalarini respublika va xalqaro ko‘lamdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda taqdimot qilishi rejalashtirilmoqda.
Janubiy Koreyada ta’lim jarayonini tubdan o‘rgangan xolda ushbu mamlakat rivojlanishida ta’limning o‘rni juda katta ahamiyatga ega ekanligiga iqror bo‘ldik. Shunday ekan bizning ta’lim tizimimizda ham rag‘batlantirish tizimi qo‘llansa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya universitetlari bitiruvchilari ishga joylashish tartibi qat’iy talablar asosida amalga oshirilishi ya’ni ishlab chiqarish korxonalari bilan universitet orasidagi uzviy bog‘liqlik yo‘lga qo‘yilganligi. Bu shundan dalolat beradiki talaba o‘qish davomida albatta yaxshi o‘qishga va yanada o‘z ustida qattiq ishlashga harakat qiladi. Taklifimiz mamlakatimiz universitetlari bitiruvchilari uchun ishga joylashish tartibiga o‘qish davomida yig‘gan ma’lum ballar taqsimotiga alohida etibor berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Dunyoning yetuk institut va universitetlarida kredit tizimining joriy qilinganligni albatta bu o‘z natijasini berib kelmoqda. O‘ylaymizki ushbu tizim mamlakatimiz qonunlariga moslashtirgan holda institut va universitetlarda joriy qilingani ma’qul deb o‘ylaymiz. (Xanyang universitetidan)

Chung-Ang universitetning Informatika yo‘nalishidagi talabalar asosan “Proyektga yo‘naltirilgan” prinsip asosida o‘qitilar ekan. Ya’ni u yoki bu yo‘nalish bo‘yicha olingan har bir dars va bilimlar ma’lum bir g‘oyani o‘zida aks ettiruvchi loyihalarda o‘z aksini topar ekan. Professor-o‘qituvchi talabalarga o‘quv kursining boshida fanga oid startap g‘oyalar bo‘yicha o‘z fikrlari aks ettirilgan taqdimot tayyorlab kelishni topshirar ekan. Belgilangan muddatgacha berilgan g‘oyalarni talabalar o‘zlari auditoriyada qolgan talabalarga taqdim qilar ekan. Taqdimotlar tugagandan so‘ng 1 hafta davomida “Elektron sinf” deb nomlanuvchi ta’lim jarayonini boshqarish uchun ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan tizim orqali ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tar ekan. Ovoz berish jarayonida eng ko‘p ovoz olgan 4-5 ta startap g‘oya amalga oshirish uchun tanlab olinar ekan. Tanlangan g‘oyalar soniga qarab talabalar teng miqdorlarda guruhlarga bo‘linar ekan. Har bir guruh har haftada o‘z loyihalari bo‘yicha “Elektron sinf”da axborot berib borar ekan. Kurs yakunida biror bir guruh tomonidan tayyorlangan loyiha qolgan talabalar va professor o‘qituvchi tomonidan baholanar ekan. Bunda qolgan talabalar va professor o‘qituvchi mahsulotni haridori rolini o‘ynab, loyihadagi kamchiliklar va xatolar (dastur kodidagi xatoliklar) ni topishi kerak bo‘ladi. Ishlab chiqilgan loyihalar qanchalik mukammal ishlab chiqilganligiga qarab, loyihalarning reytingi tuziladi. Talabalarga ham baho aynan shu reyting asosida qo‘yiladi. (Chung-Ang universitetidan)



Seoultech talabalari o‘qish jarayonida o‘qitilayotgan fanlardan tashqari mazkur universitet professor – o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarda ishtirok etishlari mumkin. Mazkur loyihalarda talabalarning ishtiroki dars jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda ya’ni loyihalarni amalga oshirish jarayonida tadbiq qilib ko‘rishi hamda qurilmadan keng foydalanish imkonini beradi.
Talabalarning loyihalarda ishtirok etishlari uchun zamonaviy kompyuter xonalar hamda o‘lchash qurilmalari bilan jihozlangan maxsus laboratoriya xonalari tashkil etilgan. Mazkur xonalarda loyihalarda ishtirok etuvchi har bir talaba uchun maxsus ish joyi ajratilgan va kerakli zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan.
Talabalar o‘qish jarayonidan bo‘sh paytlarida mazkur laboratoriya xonalarida loyihalarga taalluqli bo‘lgan o‘lchov va tadqiqot ishlarini, professor – o‘qituvchi tomonidan yuklangan vazifalarni amalga oshiradilar.
Loyiha yuzasidan haftaning maxsus ajratilgan kunida talabalar o‘zlari amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlarni professor – o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokidagi yig‘ilishda prezentatsiya ko‘rinishida taqdim etadilar. Mazkur ko‘rinishdagi yig‘ilishlar loyihalarni amalga oshirish jarayonida paydo bo‘lgan nuqsonlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, professor – o‘qituvchilar va talabalar orasida malaka almashunivini yaxshilash hamda talabalarning ilmiy salohiyatini namoyon etish imkonini beradi. (Seul fan va texnologiya milliy universitetidan)
Koreya Respublikasiga kelganim uchun men judayam xursandman, chunki men nafaqat SeoulTech universitetda fanlarni yoki yangi texnologiyalarni o‘rgandim, balki davlat o‘qish tizimini, madaniyatini, ovqatlanishini, odamlarni, yoshlarni, ularni extiyojlarni, AKT texnologiyalarni, transport tizimini, temir yo‘l va avto transport tizimlarni, yo‘l qoidalarni, bank tizimini o‘rganib chiqdim. Bu judayam men uchun muxim hisoblanadi va bilimlar menga bir umrga qoladi. Men juda ko‘p yaxshi insonlar bilan uchrashdim, tanishdim, qiziq joylarni ko‘rdim va kelajakda olgan bilimlarni talabalarimga va o‘qituvchilarga yetkazishga xarakat qilaman. Ushbu imkoniyatni yaratib bergan hukumatimizga o‘z minnadorchiligimni bildiraman bizni shunday ajoyib Koreya Respublikasi universitetida ta’lim olishni tashkillashtirgan barchaga chuqur mamnuniyat bilan Xidirova Charos!!!
2014 yildan hozirgi kunga qadar jami 115 nafar TATU va uning hududiy filiallari professor-o‘qituvchilari uchun Janubiy Koreya va Germaniya universitetlarida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

TATU fakultet va filiallari
Professor-o'qituvchilar soni
Malaka oshirilgan xorijiy universitetlar
Kompyuter Injiniring
16
Inxa, Yongnam, Kyong-Xi, Seultex (Korea)
Telekommunikatsiya texnologiyalari
16
Inxa, Seultex, Kyong-Xi, KAIST (Korea)
Dasturiy Injiniring
15

Inxa, Seultex, KAIST (Korea) Oldenburg universiteti (Germaniya)

Kasbiy ta'lim
6
Chung-Ang (Korea)
Televizion texnologiyalar4
Inxa, Chung-Ang (Korea)
Axborot xavfsizligi
3
Inxa, Seultex, KAIST (Korea)
AKTda iqtisod va menejment
2
Yongnam (Korea)
Urganch
9

Kyong-Xi, Inha, Seultex, Chung-Ang (Korea) Oldenburg universiteti (Germaniya)

Farg'ona
13
Inxa, Seultex, KAIST (Korea)
Samarqand
11
Seultex, Chung-Ang, Inxa, KAIST (Korea)
Qarshi
12
Yongnam, Inxa, KAIST (Korea)
Nukus
8
Inxa, Kyong-Xi (Korea)
Intensiv kurslarda (2 oylik) xar bir professor-o‘qituvchi 6 ta fanlardan, semestr kurslarida (4 oylik) 2-3 ta fanlardan o‘z yo‘nalishlarida malaka oshirdilar.Jami 100 dan ortiq fan bo‘yicha malaka oshirish amalga oshirildi. Malaka oshirgan fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari ilg‘or texnogiyalar jumladan, zamonaviy kompyuterlar, tezkor internet tarmog‘i va interaktiv xizmatlar asosida olib borildi. Bundan tashqari amaliy mashg‘ulotlar asosan ishlab chiqarishga oid dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan holda olib borildi. Shuningdek, Koreya va Germaniya universitetlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari va ilmiy laboratoriyalar bilan tanishdilar. Professor-o‘qituvchilar kurslarni muvoffaqiyatli yakunlab, Koreya va Germaniya universitetlarining maxsus sertifikatlariga ega bo‘ldilar.
Har bir professor-o‘qituvchi malaka oshirish davomida olgan bilim va ko‘nikmalari asosida TATU da mavjud fanlarni modernizatsiya qilishda faol qatnashmoqda va zamon talablariga mos fan dasturlarini ishlab chiqmoqda.
TATU o‘quv jarayonida foydalanish uchun o‘rganilgan fanlar bo‘yicha 1160 dan ortiq elektron shakldagi materiallar Axborot Resurs Markaziga topshirildi va 50 dan ortiq mutaxasislik fanlaridan maxsus kitoblar olib kelindi.
Malaka oshirish davomida professor-o‘qituvchilar bir necha anjuman, ko‘rgazma va ilmiy seminarlarda ishtirok etdilar. O‘rganilgan bilimlar va tajribalar asosida TATU o‘qitish tizimi sifati, professor-o‘qituvchilar malakasi va talabalar bilimini yanada oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, joriy etilmoqda.