Janubiy Koreyaning Seul Kiber Universiteti, Pohang Fan va texnologiyalar universiteti, Hansung universiteti va “Dain Leaders Co.Ltd” tashkilotlari professorlari va mutaxassislari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdilar.

  • Asosiy
  • Janubiy Koreyaning Seul Kiber Universiteti, Pohang Fan va texnologiyalar universiteti, Hansung universiteti va “Dain Leaders Co.Ltd” tashkilotlari professorlari va mutaxassislari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdilar.

#TATU
#KOICA
#Uchrashuv

🏛Joriy yilning 4-fevral kuni KOICA agentligi bilan amalga oshirilayotgan “Integratsiyalashgan universitet tizimini ishlab chiqish va tadbiq etish” loyihasi doirasida Janubiy Koreyaning Seul Kiber Universiteti, Pohang Fan va texnologiyalar universiteti, Hansung universiteti va “Dain Leaders Co.Ltd” tashkilotlari professorlari va mutaxassislari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdilar.

✅Uchrashuvda TATU rektori B. Maxkamov ishtirok etdi va loyihani yakuniy bosqichlarida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, loyiha natijalarini samarali tadbiq etish va baholash me’zonlarini belgilash bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

✅Uchrashuvning ikkinchi qismida TATU va Janubiy Koreyaning Hansung universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda konferensiya va simpoziumlar tashkil etish, ta’lim va ilmiy ma’lumotlar va kontentlarni almashinishga kelishib olindi.