Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida TATU professor-o‘qituvchilari uchun “Invitational Training Program for TUIT” trening kurslari tashkil etilmoqda.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida TATU professor-o‘qituvchilari uchun “Invitational Training Program for TUIT” trening kurslari tashkil etilmoqda.

Mazkur treninglar Kookmin universitetining yetakchi professorlari tomonidan “Interactive Behavioral Economics”, “Digital Collaboration Using MIRO & FIGMA”, “Business Simulation-based Management Practicum” kabi yo‘nalishlarda olib borilmoqda.

Ushbu loyiha orqali olingan bilim va ko‘nikmalar zamonaviy IT ta’lim standartlarini amaliyotga joriy etish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, loyiha doirasida Kookmin universitetida tahsil olayotgan talabalarimiz bilan ham uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi.