🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xorijiy professorlar va ekspertlar ishtirokida seminarlar haftaligi o‘tkazildi
🔹Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Janubiy Koreyaning KOICA agentligi bilan hamkorlikda “Koreyada AKT yordamida oliy ta’limni raqamli transformatsiya qilish: TATU bilan tajrib almashinish” mavzusidagi seminarlar haftaligini o‘tkazdi.
🔹Seminarlar haftaligida Janubiy Koreyaning Seul Kiber Universiteti, Pohang Fan va texnologiyalar universiteti, Hansung universiteti va “Dain Leaders Co.Ltd” tashkilotlarining jami 7 nafar professor va mutaxassislari ishtirok etdilar. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va uning hududiy filiallaridan 32 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Bundan tashqari 12 nafar tinglovchilar mazkur seminarlarda onlayn qatnashdilar. Seminarlar davomida ishtirokchilarga Janubiy Koreyaning ta’lim xizmatlarini raqamli transformatsiya qilish tajribasi tanishtirildi.
🔹Shu bilan bir qatorda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU va uning filiallaridan ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilar ta’limda texnologik yechimlarni qo‘llash, o‘quv reja va sillabuslarni ilg‘or universitetlar tajribasi asosida ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.
✅Seminarlar haftaligi yakuni bo‘yicha sertifikatlar topshirish marosimi ham o‘tkazildi. Unda TATU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Komil Axmatovich Tashev, KOICA agentligi O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Sunjin Park honim va direktor o‘rinbosari Hyun Yon Jo honim ishtirok etdilar.
✅Tadbirning ikkinchi qismida KOICA agentli hamda TATU o‘rtasida bajarilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkil etilgan seminarlarning ahamiyati, bajarilgan ishlarning samaradorligi muhokama etildi. Tomonlar bu kabi seminarlar haftaligini TATUning hududiy filiallarida ham o‘tkazishga kelishib oldilar.