Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Janubiy Koreyaning Ilg‘or mexatronika texnologiyalari institutining “Loyihada ta'lim va o'qitish” bo‘yicha bosh mutaxassisi Yangsun Jeong, Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish kompaniyasi menejeri, Sungho Kim va Jeonju universiteti Sun’iy intellekt kafedra professori Ickrae Cho tashrif buyurdilar.
Tashrifdan maqsad, qishloq xo‘jaligida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Smart ferma” loyihasini bajarish hamda o‘qitishda TATUning imkoniyatlarini o‘rganish va o‘quv dasturlarini zamonaviylashtirish, soha korxona talablariga moslashtirish, shuningdek, ta’limda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda iborat
Ma’lumot uchun: CAMTIC - mexatronikaga asoslangan ilmiy tadqiqot institut hisoblandi, shuningdek, ushbu institut sanoat sohasida yetuk kadrlar tayyorlaydi.