


Janubiy Koreya delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi
🇰🇷 Janubiy Koreyaning Chungbuk milliy universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti professor Gwang Ok boshchiligidagi delegatsiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.
🤝 Tashrifning asosiy maqsadi — TATU talabalari uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishishdan iborat bo‘ldi.
🎓 Uchrashuv davomida:
• 3+2 shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlari orqali bakalavr va magistr diplomlarini qo‘lga kiritish;
• TATU talabalari uchun ta’lim dasturini bepul tashkil etish;
• dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar uchun Janubiy Koreyada professional faoliyat yuritish imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
🌐 Ayni paytda ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirda TATUning 4 nafar talabasi Chungbuk milliy universitetida almashinuv dasturi asosida bahorgi semestrda tahsil olmoqda.
✅ Ma’lumot uchun, 2027-yil mart oyida Chungbuk milliy universitetiga Koreya milliy transport universiteti qo‘shilishi rejalashtirilgan. Natijada ushbu oliygoh Janubiy Koreyaning TOP-2 milliy universitetlari qatoridan joy olishi kutilmoqda.