Jamoamizni qo'llab-quvvatlang!

  • Asosiy
  • Jamoamizni qo'llab-quvvatlang!

 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari VIII Butunrossiya “Kiberdrom” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan xalqaro “Kiberdrom.Student” musobaqasida yagona jamoa bo‘lib muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Sentyabr oyidan buyon jamoamiz saralash va 1/4 final bosqichlarini ortda qoldirib, yarim finalga yo‘l oldi!

Bu – katta mehnat, kuchli bilim va jamoaviy hamjihatlik natijasidir.

Ayni paytda jamoamizning tanlov uchun tayyorlagan videosi Kiberdrom loyihasining rasmiy VKontakte sahifasida joylangan.

 Jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun:
 Videoga like bosing
 Fikr qoldiring
 Havolani do‘stlaringiz bilan ulashing

Har bir ovoz va har bir izoh biz uchun muhim! Keling, birgalikda TATU jamoasini g‘alabaga yetaklaylik!