
Ana shunday hamkorlik doirasida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universitetining 2-bosqich magistratura talabalari 2025-yil 31-martdan 12-aprelga qadar TATUda ilmiy-amaliy stajirovkani muvaffaqiyatli yakunladilar.
📚 Stajirovka davomida mehmon magistrantlar universitet infratuzilmasi, zamonaviy o‘quv va amaliy laboratoriyalar, media markazi, kutubxona va boshqa resurslar bilan yaqindan tanishdilar. Ular uchun "Televizion va media texnologiyalar" hamda "Sun’iy intellekt" kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan maxsus ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
🎓 Stajirovka yakunida magistrantlar o‘z dissertatsiya izlanishlari doirasida ilmiy seminar tarzida taqdimotlar namoyish etdilar va universitet tomonidan maxsus guvohnomalar bilan taqdirlandilar.
TATU – ilm, tajriba va innovatsiyalar chorrahasi sifatida xalqaro akademik almashinuv jarayonida faol ishtirok etishda davom etmoqda.