


JAHONNING NUFLUZLI UNIVERSITETLARI PROFESSOR-ÖQITUVÇILARI TATU MEHMONI!
🟪 2026-yil 9–13-noyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan taşrif buyurgan 20 nafar professor-öqituvçi iştirokida uçraşuvlar ötkazilmoqda.
🏛 Xususan, QS World University Rankings 2026 xalqaro reytingida Tsinghua University 17-örin, The Chinese University of Hong Kong 32-örin, Shanghai Jiao Tong University 47-örin, Zhejiang University 49-örin hamda University of Science and Technology of China 132-örinni egallagan.
🤝 Taşrif doirasida Xitoy delegatsiyasi TATU rahbariyati bilan rasmiy uçraşuv ötkazdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yönalişlarida aloqalarni kengaytiriş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda akademik almaşinuv dasturlarini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.
💻 Şuningdek, mehmonlar universitet professor-öqituvçilari bilan sun’iy intellekt, yuqori unumdorlikdagi hisoblaş tizimlari (HPC), taqsimlangan hisoblaş texnologiyalari, telekommunikatsiya va zamonaviy raqamli texnologiyalar yönalişlarida tajriba almaşdilar.
🌐Mazkur taşrif TATUning xalqaro akademik hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, ilmiy salohiyatini oşiriş va jahonning yetakçi universitetlari bilan qöşma ta’lim hamda ilmiy loyihalarni rivojlantirişda muhim qadam bölib xizmat qiladi.
🚀TATU — xalqaro hamkorlik sari yangi imkoniyatlar!