📄 Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlar bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi Sh.Jumayev va Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professori A.Raxmonov, tegishli huquq targ‘ibot organ xodimlar hamda universitet fakultet dekanlari, dekan muovinlari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda, bugungi kunda jahon miqyosida bo‘layotgan turli hunrezliklar, ekstremizm, terrorizm va ularning salbiy oqibatlari, shuningdek xalqimiz, xususan yoshlarimiz ongida mafkuraviy xurujlarga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish borasida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtildi.