Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot - texnologiyalari universiteti vakillari va xorijlik professor-o‘qituvchilar tomonidan Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan mazmunli uchrashuvlar tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot - texnologiyalari universiteti vakillari va xorijlik professor-o‘qituvchilar tomonidan Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan mazmunli uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida ishtirokchilarga zamonaviy IT kasblariga tayyorlov, kelajakda talab yuqori bo‘lgan sohalarni egallash hamda universitetda yaratilgan ilg‘or sharoitlar haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, tadbir doirasida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari;

Qo‘shma dasturlar va ikki diplom olish imkoniyatlari;

Qabul jarayonlari, imtihon tartiblari;

Talabalar hayoti va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari.

Uchrashuv yakunida maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga bevosita mutaxassislar orqali javob olishdi va IT sohasiga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.