“IT-Planeta 2018/19” XII Xalqaro olimpiadasiga qatnashchilarni ro'yxatdan o’tkazish boshlandi

10 dekabrdan MDH davlatlari oʻrtasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng keng qamrovli olimpiada – “IT-Planeta 2018/19” axborot texnologiyalari sohasida XII Xalqaro olimpiadasiga qatnashchilarni ro'yxatdan oʻtkazish boshlandi.

Qatnashishga rus tilini biladigan va 25 yoshgacha boʻlgan talaba yoshlar taklif etiladi.

Bu yilgi bellashuv quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:

  1. “Dasturlash”
  2. “Cloud computing va maʼlumotlar bazasi”
  3. “Telekom”
  4. “Mobil platformalar”
  5. “Raqamli ijodiyot”
  6. “Erkin dasturiy taʼminot va robototexnika”
  7. “Cheklanmagan imkoniyatlar”

Har bir ishtirokchi oʻzini xohlagancha tanlovlarda sinab koʻrishi mumkin.

Bu haqda yanada batafsilroq maʼlumotlarni http://world-it-planet.org saytidan olishingiz mumkin.

Yuqori koʻrsatkichlarga erishgan ishtirokchilar 2019 yilning iyun oyida Moskva shahrida boʻladigan finalga taklif etiladilar.

Har bir boschiq – bu oʻzining kasbiy mahorati darajasini bilish, ish beruvchi korxonalar vakillari bilan aloqani oʻrnatish va homiylar va tashkilotchilardan: olimpiadada qatnashganlik haqida sertifikatlar olish, diplom, qimmatbaho sovrinlarni qoʻlga kiritish imkoniyatidir.

AT-olimpiadasi tanlovlarining hamkorlari va tashkilotchilari sifatida AT-bozorining Rossiya va xalqaro lider kompaniyalari jalb etilgan: 1C, Huawei, Oracle, GNU/Linukssentr GENDALF, Morizo Digital, SimbirSoft, TIM3R.ru.

Tanlovlarda qatnashish uchun http://world-it-planet.org saytida har bir tanlov qoidalarida koʻrsatilganidek muddatlarda ro'yxatdan oʻtish shart.