Joriy yilning 5 dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Erasmus+TechReh” loyihasi doirasida “Information technology in medicine” xalqaro konferensiyasi boshlanadi. Unda Italiya, Fransiya, Litva universitetlarining professorlari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etadi.
Konferensiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vakillari, “ERASMUS+ TechReh” loyihasi koordinatorlari, ERASMUS+ Milliy ofisi xodimlari, doktorantlar, magistrlar va talaba-yoshlar ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Konferensiyaning ochilish marosimi soat 10:30 da universitetning kichik majlislar zalida oʻtkaziladi.