Muhammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “AKT sohasida kasb ta’limi” fakulteti “Axborot ta'lim texnologiyalari” kafedrasi va Qibray tumanidagi 46 – o‘rta umumiy ta’lim maktabi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik rejasi asosida IT sohasida olib borilayotgan texnik hamda texnologik jarayonlarni inobatga olgan holda IT texnologiyalari mavzularida seminarlar tashkil etildi.
Mazkur seminar “Axborot ta'lim texnologiyalari” kafedrasi yo‘nalishidagi bitiruvchi 4-bosqich talabalari tomonidan qiziqarli ilmiy – texnologik savollarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.