IT-ta’limdagi imkoniyatlardan xabardormisiz?

  • Asosiy
  • IT-ta’limdagi imkoniyatlardan xabardormisiz?

🎓 IT-ta’limdagi imkoniyatlardan xabardormisiz?

Davlatimiz tomonidan so‘nggi yillarda IT-ta’limni rivojlantirish zamirida yoshlarni IT sohasidagi kasbga yo‘naltirish, shu sohada o‘qish uchun maqsadli ta’lim kreditlarini ajratilishi, yosh IT-tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya berilishi kabi imkoniyatlar kun sayin ortib bormoqda.

Mana shunday imkoniyatlardan yoshlarni xabordor qilish va keng jamoatchilikka to‘liq ma’lumot berish maqsadida 22-iyul kuni soat 10:00 da “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tadi.

Jonli efirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, vazir maslahatchisi Kamola Sobirova, IT Park bosh direktorining raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Mahliyo Muksinova, TATU, Inha, Amiti, IT-Park universitetlari rektorlari va Acharya universiteti direktori ishtirok etadi.

💬 IT-ta’lim bo‘yicha savollaringizni quyidagi havola orqali yozib qoldirishingiz mumkin: https://bit.ly/savollaruchun

Jonli efirni Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

👥 Facebook orqali kuzatish: https://www.facebook.com/mininfocom

🟥 YouTube orqali kuzatish: https://www.youtube.com/@MinistryofDigitaltechnologies/streams

✈️ Telegram orqali kuzatish: https://t.me/mitcuz