IT-ta’limdagi imkoniyatlar mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tdi
Davlatimiz tomonidan so‘nggi yillarda IT-ta’limni rivojlantirish zamirida yoshlarni IT sohasidagi kasbga yo‘naltirish, shu sohada o‘qish uchun maqsadli ta’lim kreditlarini ajratilishi, yosh IT-tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya berilishi kabi imkoniyatlar kun sayin ortib bormoqda.
Imkoniyatlardan yoshlarni xabardor qilish va keng jamoatchilikka to‘liq ma’lumot berish maqsadida 22-iyul kuni soat 10:00 da “IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida jonli efir bo‘lib o‘tdi.
Jonli efirda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, vazir maslahatchisi Kamola Sobirova, IT Park bosh direktorining raqamli ta'limni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari Mahliyo Muksinova, TATU, Inha, Amiti, IT-Park universitetlari rektorlari va TATUFF universiteti direktori jamoasi bilan ishtirok etdi.