
Joriy yilning 14-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda IT ta’lim uyushmasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
🟣 So‘ngi yillarda raqamli ta’lim sohasida, xususan, masofaviy va onlayn ta’lim modellari bilan qamrab olish, mahalliy va global mehnat bozori talablari asosida o‘qitish hamda xalqaro IT sertifikatlarni ta’lim jarayoniga olib kirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
✔️ Mazkur hamkorlik shartnomasi doirasida talaba yoshlar dunyoning nufuzli universitet va kompaniyalarining o‘quv dasturlari asosida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan onlayn ta’lim resurslaridan foydalanishlari maqsad qilingan.
📝 Shartnomaning asosida IT ta’lim uyushmasi tomonidan AQShning “Coursera, INC” kompaniyasidan Xalqaro “Coursera” taʼlim platformasining o‘quv kurslari kontentlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etildi. Bu Universitet talabalariga jahonning yetuk IT kompaniyalari va ilg‘or oliygohlari tomonidan Coursera platformasi orqali taqdim etiladigan kurslaridan bepul foydalanish imkonini beradi.
✈️@tuituz_official