Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida amalga oshirilayotgan "Innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasi doirasida workshop tashkil etildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda Kookmin universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida Workshop tashkil etildi.
Tadbirda loyiha doirasida bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Xususan, loyiha doirasida yangi tashkil etilayotgan “Biznes IT” mutaxasssisligi uchun ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilida 30 nafar talabalarni tayyorlov kurslarida o‘qitish (LLPS), TATUda talabalar uchun tashkil etilayotgan laboratoriya loyihalari, StartUplarni rivojalantirish hamda rivojashtirishga ko‘maklashuvchi "Co-Working" markazi tashkil etish( LLC ) namoyish etildi hamda “Design thinking and Digital Transformation Hackathon"ni bo‘lib o‘tdi.
Hakathonda TATU hamda KMU talabalaridan iborat guruh o‘zining loyihalarini namoyish qilishdi. Bunda muammoga innovativ va tezkor yechimlarni taqdim etuvchi “BIRGA”, “UNIKOREAN”, “ZANJIR” kabi loyihalar taqdim etildi.
Ushbu loyiha Koreya Milliy Universitetining Biznes IT maktabining tajribsiga asoslangan holda Biznes va IT sohasiga ixtisoslashtirilgan Biznes IT yo‘nalishini tashkil etish orqali Oʻzbekistonning raqamli innovatsiyalariga yetakchilik qiluvchi innovatsion isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu loyihada sanoatga yo‘naltirilgan ta’lim dasturini amaliy tadqiqotlar, muhokamalar va amaliy mashg‘ulotlar orqali ishlab chiqish va dasturni nazorat qilish uchun professor va xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish maqsad qilingan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha 2022-2027-yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, qiymati 5 million AQSh Dollariga teng. Unga ko‘ra, TATUda Biznes IT ta’lim yo‘nalishi, ishlab chiqarish zonasi tashkil etiladi, 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar va mutaxassislarning malakasi oshiriladi, shuningdek, 5 nafar PhD va 10 nafar magistrlar Kookmin universitetida o‘qish imkoniga ega bo‘ladilar.