Toshkent tumanidagi 12-sonli o'rta maktab bitiruvchi o'quvchilari aynan IT sohasiga qiziquvchi, kelajakda IT sohasining mutaxassisi bo‘lishni niyat qilgan yoshlar tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • Toshkent tumanidagi 12-sonli o'rta maktab bitiruvchi o'quvchilari aynan IT sohasiga qiziquvchi, kelajakda IT sohasining mutaxassisi bo‘lishni niyat qilgan yoshlar tashrif buyurdi

✅Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 12-sonli o‘rta maktab bitiruvchi o‘quvchilari aynan IT sohasiga qiziquvchi, kelajakda IT sohasining mutaxassisi bo‘lishni niyat qilgan yoshlar tashrif buyurdi

🏛Uchrashuvda Radio va mobil aloqa fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, universitetning tarkibiy tuzilishi, fakultetlar, yo‘nalishlar, ta’lim olish turlari hamda shakllari, universitetga kirish imtihonlarining muddati, dars jarayonlarining borishi to‘g‘risida o‘quvchi yoshlarga ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti to‘g‘risidagi tasavvurlarini yanada boyitish, ushbu ta’lim dargohida ta’lim olish istagini mustahkamlash maqsadida universitet hayoti bilan tanishtirilib, ekskursiya jarayonida tug‘ilgan savollariga atroflicha javob berildi.